"Kristal Pelas" hujumchisini Frantsiyaga sotdi

Odson Eduar Frantsiya chempionatiga qaytdi.
"Kristal Pelas" hujumchini "Lans"ga sotdi. 27 yoshli futbolchining Liga 1 klubi bilan shartnomasi uch yilga mo'ljallangan. "Burgutlar" 3,7 mln evro olishdi.
O'tgan mavsumda Eduar "Kristal Pelas" va "Lester" safida APLda 6ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmagan.