Angliya terma jamoasi va "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi Angliya transfer bozorida katta talabga ega.

Manbaga ko'ra, futbolchi uchun Premer-liganing beshta klubi da'vogarlik qilmoqda: "Tottenxem", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Manchester Siti".

Gexi londonliklar safida 2021 yildan beri o'ynab keladi. Uning shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.