"Kristal Pelas" grandlar nishonidagi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Angliyaning "Kristal Pelas" klubi 21 yoshli tayanch yarim himoyachisi Adam Uortonni o'z safida olib qolmoqchi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati yangi kelishuvga 86 million evro miqdorida sotib olish bandini kiritishni rejalashtirmoqda. Angliya terma jamoasi safida 1 ta o'yin o'tkazgan Uortonning amaldagi shartnomasi 2029 yilda o'z nihoyasiga etadi.
"Blekbern" tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchi "Kristal Pelas" safida 2024 yildan buyon to'p tepib kelmoqda va u bilan Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan. Bu mavsumda u klub miqyosida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Uortonning narxini 45 million evroga baholamoqda.