«Kristal Pelas» futbolchisi bir mavsumda ikkita evrokubokni yutgan ilk futbolchiga aylandi

«Kristal Pelas» vingeri Evann Gessan noyob natija qayd etdi. Chorshanba kuni 24 yoshli futbolchi Konferentsiyalar ligasi g'olibiga aylandi: u «Rayo Valekano»ga qarshi kechgan va minimal hisobdagi g'alaba bilan yakunlangan final uchrashuvining so'nggi daqiqalarida maydonga tushdi.
Atigi bir hafta avval esa ivuarlik futbolchi Evropa ligasi g'olibiga aylangan edi — «Aston Villa» finalda «Frayburg»ni yirik hisobda (3:0) mag'lub etdi. Bu bir futbolchining bir mavsumda ikkita evrokubokni qo'lga kiritgan tarixdagi ilk holatidir.
Evann Gessan qishda «Aston Villa»dan «Kristal Pelas»ga ijara asosida o'tgan edi. U «Villa» safida Evropa ligasining umumiy bosqichida ettita o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga ulgurgandi. Keyin esa «burgutlar» tarkibida Konferentsiyalar ligasida oltita o'yin o'tkazib, bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi.