«Kristal Pelas» finalda «Rayo Valekano»ni mag'lub etib, Konferentsiyalar ligasi g'olibiga aylandi

Angliyaning «Kristal Pelas» va Ispaniyaning «Rayo Valekano» jamoalari o'rtasidagi Konferentsiyalar ligasining 2025/26 yilgi mavsum final uchrashuvi yakunlandi. O'yin Leyptsig shahridagi «Leyptsig» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni bosh hakam sifatida Mauritsio Mariani boshqarib bordi. O'yin London klubining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona golni Jan-Filipp Mateta kiritdi. «Kristal Pelas»ning frantsuz hujumchisi ikkinchi bo'lim boshida, 51-daqiqada gol urdi.
Shu tariqa, «Kristal Pelas» o'z tarixida ilk bor evrokubok turnirida g'olib chiqdi.
«Kristal Pelas» turnirning 1/2 final bosqichida Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasi ustidan ikkita g'alabaga erishgan edi (3:1, 2:1). «Rayo Valekano» esa yarim finalda Frantsiyaning «Strasburg» klubini mag'lub etib (1:0, 1:0), ahamiyati bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi evrokubok finaliga yo'l olgandi.