«Kristal Pelas» chempion «Arsenal»ni «chempionlik yo'lagi» bilan kutib oldi (video)

«Kristal Pelas» futbolchilari Premer-liganing so'nggi turi oldidan «Arsenal» jamoasini «chempionlik yo'lagi» bilan kutib olishdi. «Burgutlar» an'anaga sodiq qolgan holda ikki qator bo'lib saf tortishdi va maydonga chiqib kelayotgan «kanonirlar»ni olqishlar bilan kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni «Manchester Siti»ning «Bornmut» bilan o'yindagi durang natijasidan so'ng, Mikel Arteta shogirdlari muddatdan oldin chempionlik unvonini qo'lga kiritishgan edi. «Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo'ldi. Bugungi o'yin yakunlangach, «pushkarlar»ga chempionlik kubogi topshiriladi.
#Fútbol2Day - ????????????????????????????
— Luis Omar Tapia (@LuisOmarTapia) May 24, 2026
Pasillo de los jugadores del Crystal Palace, al campeón de la Premier League, Arsenal. pic.twitter.com/gkgx8ER97L