"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi Premer-liganing boshqa bir klubi - "Kristal Pelas"ga o'tishi mumkin. "Burgutlar" "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan Mark Gexi bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda. "Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner klub o'z etakchisiga o'rinbosar topishga ulgurgan taqdirdagina uni qo'yib yuborishini tasdiqladi. Sky Sports xabariga ko'ra, Gexi o'rnini "Chelsi" sotuvga qo'ygan Disasi egallashi mumkin.

27 yoshli "aristokratlar" futbolchisining narxi mashhur Transfermarkt portali tomonidan 22 mln evroga baholanmoqda. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida frantsuz ijara asosida "Aston Villa" sharafini himoya qilgandi.