Angliya Premer-ligasi 15-turida "Kristal Pelas" ayni daqiqalarda "Fulxem" mehmoni bo'lmoqda (0:0 - birinchi bo'lim).

"Burgutlar" bosh murabbiyi Oliver Glasner ushbu o'yinda jamoa qaydnomasiga kiritilmagan o'ng qanot himoyachisi Daniel Munos haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Uning tizzasida muammo bor. Unga dam kerak, shuning uchun u o'ynamaydi. Tavakkal qilmaymiz. Umid qilamizki, u "Manchester Siti"ga qarshi o'yingacha safga qaytadi," - dedi Glasner Sky Sports nashriga o'yindan oldi.

"Byornli"ga qarshi o'tgan o'yinda aynan Munosning goli "Kristal Pelas"ga 1:0 hisobidagi g'alabani keltirgandi.

"Manchester Siti"ga qarshi "Kristal Pelas" bir haftadan so'ng - 14 dekabr kuni maydonga tushadi.