"Kristal Pelas" APL klublari orasida 17-bo'ldi

"Kristal Pelas" evrokuboklarda o'z debyutini amalga oshirdi.
London klubi Konferentsiyalar ligasi 1-turida "Dinamo"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi.
Bu orqali "burgutlar" evrokuboklarning asosiy bosqichida ishtirok etgan APLning 17-jamoasiga aylandi.
Hozirda Premer-liga klublari orasida faqat "Sanderlend", "Brentford" va "Bornmut" evrokuboklarga chiqmagan.