Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Evro-2028da ishtirok etishga qaror qildi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq futbolchisi Vladislav Radimovning ma'lum qilishicha, hujumchi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida kamida Evro-2028 musobaqasigacha to'p surishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda davom etayotgan Jahon chempionati–2026da 41 yoshli Ronaldu beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi. Portugaliya terma jamoasi 1/8 finalgacha etib bordi va ushbu bosqichda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
— Hamma Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunladi, deb gapiryapti. Biz yaqinda David Trezege bilan uchrashdik, u Portugaliya terma jamoasidagi ko'plab futbolchilarni yaxshi taniydi. Uning aytishicha, Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Ronaldu Evro-2028da ham jamoa safida bo'lishini aytmoqda, — dedi Radimov.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar