Krishtianu Ronaldu O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan bayonot berdi

Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv arafasida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislarga murojaat qildi.
Portugaliyalik yulduz mashg'ulot jarayonidan bir nechta suratlarni joylashtirib, qisqacha izoh qoldirdi.
«O'z vazifamizga to'liq e'tibor qaratganmiz», — deb yozdi Ronaldu Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya — O'zbekiston uchrashuvi 23 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
Guruh bosqichining birinchi turida Portugaliya kutilmaganda Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan edi. Fabio Kannavaro boshqarayotgan O'zbekiston terma jamoasi esa Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar