Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 3-turida Kolumbiyaga qarshi kechgan va 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Kolumbiya juda yaxshi jamoa. Kuchli. Juda kuchli», — dedi Ronaldu o'yindan keyingi intervyusida.

Uchrashuv keskin kurashlar ostida o'tdi va har ikki jamoa o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Durang natijaga qaramay, bu ochko Portugaliya hamda Kolumbiya terma jamoalariga pley-off yo'llanmasini ta'minladi.

Portugaliya 3 iyul kuni 1/16 finalda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Kolumbiya esa 4 iyul kuni Gana bilan kuch sinashadi.

Ronaldu guruh bosqichini ikki gol bilan yakunladi.

Manba: Stadion.uz