«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni qanday kechayotganini ko'rsatdi va muxlislarga murojaat qildi.

Portugaliyalik futbolchi o'zining tiklanish jarayonidan suratni ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi.

Suratda u mashg'ulot zalidagi massaj stolida o'tirgan holda tasvirlangan. Uning oyog'iga krioterapiya uchun mo'ljallangan uskuna — sovitish tizimiga ega maxsus kompression qoplama o'rnatilgan.

Ronaldu «An-Nasr» mashg'ulot kiyimida bo'lib, kulgan holda bosh barmog'ini ko'tarib turibdi. Avvalroq u tiklanish jarayonini Ispaniyada o'tkazishi haqida xabar berilgan edi.

«Tiklanyapman va bugungi o'yinni tomosha qilishga tayyorman. Olg'a, “An-Nasr”!», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.

Bugun «An-Nasr» «Neom»ga qarshi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida maydonga tushadi.

Manba: ua-football.com