Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati "K" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etib, mamlakat rekordini yangiladi.

Xyuston shahridagi "En-Er-Ji Stedium" stadionida o'tayotgan uchrashuvda Ronaldu ikki marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va jahon chempionatlaridagi gollari sonini 10 taga etkazdi.

Shu tariqa 41 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi tarixida jahon chempionatlarida eng ko'p gol urgan o'yinchiga aylandi. Bu boradagi avvalgi rekord afsonaviy hujumchi Eysebioga tegishli bo'lib, u mundiallarda 9 ta gol urgan edi.

Bundan tashqari, O'zbekiston darvozasiga kiritilgan gollar orqali Ronaldu yana bir tarixiy natijaga erishdi. U jahon chempionatlarida oltita turli turnirda gol urgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Portugaliyalik yulduz 2006, 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026 yillardagi jahon chempionatlarida raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: Stadion.uz