Kot-d'Ivuar va Senegal terma jamoalari AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan JCh-2026ga yo'l oldi.

14 oktyabr kuni Kot-d'Ivuar saralashning so'nggi o'yinida Keniyani mag'lub etdi - 3:0. Frank Kessie, Yan Diomande va Amad Diallo bittadan gol urdi.

Kot-d'Ivuar 26 ochko bilan F guruhida g'olib chiqdi va JCh-2026da ishtirok etadi.

Senegal terma jamoasi saralashning so'nggi o'yinida Mavritaniya ustidan g'alaba qozondi (4:0). Sadio Mane dublni rasmiylashtirdi. Iliman Ndiaye va Xabib Diallo bir martadan raqib darvozasini ishg'ol qilishdi.

Senegal 24 ochko jamg'arib, "B" guruhi g'olibiga aylandi va u ham mundialga yo'l oldi.