Kot-d’Ivuar murabbiyi Diomandening «Liverpul»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Emers Fae yarim himoyachi Yan Diomandening kelajagi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. JCh-2026ning birinchi turida ivuarliklar Ekvador terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etishdi.
«Frantsiyada yig'in o'tkazayotgan vaqtimizda menga uni «PSJ» bilan shartnoma imzolash arafasida ekanligini aytishgandi. Bu erda esa u allaqachon «Liverpul» futbolchisiga aylanib bo'lganini gapirishyapti! Men buni bilmayman. Hozircha u bor e'tiborini Jahon chempionatiga qaratishi kerak, kelajagi haqida esa keyinroq o'ylab ko'radi», – dedi murabbiy o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Fae, shuningdek, Diomandening fazilatlariga yuqori baho berib, uning potentsiali va mehnatsevarligini alohida ta'kidladi.