Kostichni "Yuventus"da qolishiga kim sabab bo'lgani ma'lum

Chap qanot yarim himoyachisi Filipp Kostich yozgi transfer oynasida "Yuventus"da qoldi.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, 32 yoshli serbiyalikni jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor olib qolgan. U jamoada Andrea Kambyasoga o'rinbosar bo'ladi.
Kostichga yozda "Atalanta", "Roma", "Benfika" va "Olimpiakos" jiddiy qiziqish bildirgan edi.