Kostakurta hozirgi "Milan"ning ikki etakchisini aytdi

"Milan"ning sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta "rossonerilar" etakchisi sifatida klubning ikki yozgi transferi - yarim himoyachilar Adrien Rabo va Luka Modrichni ko'rsatmoqda.
"Gap xalqaro darajadagi ikki futbolchi haqida ketmoqda. O'tgan yilgi etakchilar almashdi. Bu mavsumda etakchilik borasida o'zini biroz yaxshiroq ko'rsatgan ikki yangi futbolchi keldi," - deya Kostakurtaning so'zlarini keltiradi Sky Sport Italia.