"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Diego Kosta murabbiy Antonio Konte haqida gapirdi.

Bir paytlar futbolchi va murabbiy o'rtasida mojaro yuzaga kelgandi.

"Konte boshqalarga ishonmaydigan odam. U hamma narsani bilaman deb o'ylaydi. U bilan mashg'ulotlardan zavqlanmaysiz - uning doim jahli chiqadi, doim xafa ko'rinadi.

Uni hech kim yoqtirmasdi va shuning uchun uning kelajagi uzoqqa cho'zilmadi", dedi Kosta.