Koshta Portugaliya terma jamoasida Ronalduga qanday munosabatda ekanliklarini aytib berdi

Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rikardu Koshta 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi maqomi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Kiyinish xonasida hamma unga quloq soladi. Krishtianu — jamoa etakchisi, u sheriklarini motivatsiya bilan ta'minlaydi va terma jamoaga katta yordam beradi. Portugaliya terma jamoasidan tashqarida u haqida ko'p gapirishadi, ammo jamoa ichida uni hamma hurmat qiladi», — deya Koshtaning so'zlarini «Marca» gazetasi keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk o'yinda Portugaliya terma jamoasi DR Kongo milliy jamoasi bilan to'qnash kelgan edi. Ko'pchilik uchun kutilmaganda, mazkur bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Manba: Stadion.uz