Konte "Napoli"dagi debyutida gol urgan Xyoylund haqida gapirdi

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Rasmus Xyoylundning o'yini haqida fikr bildirdi. Daniyalik hujumchi "partenopiyaliklar" safidagi debyut o'yinida "Fiorentina" darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv amaldagi Italiya chempionlarining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Xyoylund Maktominey bilan juda yaxshi ishladi, u ham "Manchester Yunayted"dan keldi va o'zini juda zo'r ko'rsatdi. Rasmus atigi 22 yoshda va men uning katta salohiyatga ega ekanligini ko'ryapman," - dedi Konte Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
"Napoli" Rasmusni "Manchester Yunayted"dan ma'lum shartlar asosida sotib olish sharti bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.