Kevin De Bryuyne A Seriya doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yinda almashtirilganidan noroziligini bildirdi.

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte belgiyalik tomonidan bunday xatti-harakatlarning takrorlanishiga toqat qilmasligini aytdi.

"Gap aniq o'yinchi haqida emas. Odamlar jamoa boshqaruvi va muayyan xatti-harakatlar modellari bo'yicha o'z qarashlarimni yaxshi bilishadi.

Mening vazifam vaziyatni to'g'irlash, kontseptsiyani butun jamoaga etkazish", - dedi Konte.