Konte Lukakuning jarohatdan qachon tiklanishi haqida gapirdi

"Napoli" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Antonio Konte markaziy hujumchi Romelu Lukakuning tiklanish muddati haqidagi savolga javob berdi.
"Qachon qaytishini bilmayman, shifokorlardan so'rash kerak. U bu jiddiy jarohatni engishga harakat qilmoqda. Uning borligi u uchun ham, biz uchun ham doimo foydali. U biz bilan ekanidan xursandmiz," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Dazn.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik hujumchi avgust oyi o'rtalarida sonidan jarohat olgan edi. Lukaku dekabr oyida safga qaytishi kutilmoqda.