Konte jurnalistlarni ogohlantirdi

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte, agar jurnalistlar uning gaplarini noto'g'ri talqin qilishda davom etsalar, umuman gapirmaslik (sukut saqlash) bilan tahdid qildi. Neapolliklar ustozi Italiya terma jamoasiga tayinlanishi haqidagi navbatdagi mish-mishlarga shunday munosabat bildirdi.
«Mening so'zlarimni to'g'ri talqin qiling, agar ular yana buzib ko'rsatilsa, men boshqa gapirmayman», — deya mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda Rai Radio 1.
U yana bir bor klub bilan amaldagi shartnomasi borligini, shu sababli hech kim bilan hech qanday muzokaralar olib bormayotganini eslatib o'tdi.