"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte tig'iz taqvim haqida gapirdi.

Bugun Italiyaning amaldagi chempioni “Fiorentina”ga qarshi safarda maydonga tushsa, 18 sentyabr kuni umumiy Chempionlar ligasining 1-turi doirasida Angliyada “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi.

"Endi biz har uch kunda o'ynashimiz kerak, mavsum albatta og'ir bo'ladi. Biz rotatsiyaga murojaat qilishimiz kerak, jamoaga sabr kerak bo'ladi", - deya Kontening so'zlarini keltiradi Football Italia.