A Seriyaning o'n sakkizinchi turida "Napoli" Rimda "Latsio" bilan o'ynadi va 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 

Neapolliklar tezda ikkita gol urishdi, ammo Antonio Konte o'yinning o'zidan mamnun bo'lsa-da, futbolchilarni uchinchi golni urmagani uchun tanqid qilib, buni beparvolikka yo'ydi.

"Men o'yinchilarimni maqtashim kerak; ular shiddatli, sifatli o'ynashdi.

Biz yuqori darajada o'ynadik. Lekin biz yana bir gol urishimiz kerak edi, futbolchilar beparvolik qildi", dedi murabbiy.