Konte EChLda juda past statistik ko'rsatkich qayd etmoqda

Antonio Konte bosh murabbiy sifatida Chempionlar Ligasidagi 50 ta o'yinning atigi 17 tasida g'alaba qozongan.
Kecha uning qo'l ostidagi "Napoli" o'z maydonida "Chelsi"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2:3.
EChLda Kontening hisobida 17 g'alaba, 17 mag'lubiyat va 16 durang bor.
Neapolliklar 2018/19 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Chempionlar ligasi guruh/umumiy bosqichidan o'ta olmadi. Qayd etish kerakki, ular 2024/25 yilgi mavsum, 2021/22 yilgi mavsum va 2020/21 yilgi mavsumda umuman turnirda ishtirok etmagan.
Konte 2012-2013 yilgi mavsumdan beri to'rt marta EChL pley-off bosqichiga chiqa olmadi - bu vaqt ichida faqat Jorje Jezush (beshta) ko'proq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Antonioning eng yaxshi natijasi - chorak final.
"Napoli"ga qadar italiyalik Chempionlar ligasida "Tottenxem", "Inter", "Chelsi" va "Yuventus" bilan ishtirok etgan.