"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasi Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqishga munosib ekanini aytdi.

Umumiy bosqichning so'nggi o'yinida neapolliklar o'z maydonida Londonning "Chelsi" klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

"Chelsi"ning bugungi g'alabasi yolg'on edi. Biz jahon chempionlaridan yaxshiroq o'ynadik va Evropaning eng yaxshi jamoalari qatorida bo'lishga loyiq edik" - deya Kontening so'zlarini keltiradi Nikolo Skira.

Shu bilan birga, italiyalik mutaxassis "Napoli" 1/16 final yo'llanmasidan bugungi o'yin natijasiga ko'ra emas, balki bir hafta oldin "Kopengagen"ga qarshi kechgan bahsdan keyin mahrum bo'lganini ta'kidladi.