Yaqinda «Napoli» bosh murabbiyligidan ketgan Antonio Konte Argentina terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Argentina — kuchli jamoa, u turnirda ishtirok etayotgan barcha terma jamoalar orasida eng yuksak ishtiyoqqa ega. Bu juda ahil jamoa: bosh murabbiy Messiga sodiq, terma jamoa libosi va Leoga bo'lgan muhabbatini shaxsiy ambitsiyalaridan ustun qo'yadigan o'yinchilarga tayanib ish ko'rdi», — deya Kontening so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Bugun, 15 iyul kuni Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim finali doirasida Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, finalchilardan biri allaqachon ma'lum bo'lgan. Seshanba kuni yarim finalda Ispaniya terma jamoasi Frantsiyani mag'lub etdi (2:0).

Manba: Stadion.uz