Konte 39 yoshli Messining Jahon chempionatidagi o'yiniga baho berdi

Bir qator Evropa top-klublarining sobiq murabbiyi Antonio Konte Shimoliy Amerikada bo'lib o'tayotgan JCh-2026 musobaqasida Argentina terma jamoasi 39 yoshli hujumchisi Lionel Messining o'yin saviyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Messi barcha kutilmagan natijalardan ham o'zib ketdi. U buni navbatdagi bor amalga oshirdi. Leo ajoyib sport formasida va o'z darajasini ko'rsatishda davom etmoqda. O'z yoshida u jamoa etakchisi bo'lishda davom etyapti. Messi maydonda doimo to'g'ri pozitsiyani egallaydi. U nima qilish kerakligini raqiblaridan tezroq tushunib etadi», — deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
Jahon chempionatida 39 yoshli hujumchi sakkizta gol urdi.
Argentina 19 iyul kuni finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar