Rossiyalik taniqli sharhlovchi Konstantin Genich O'zbekiston milliy jamoasiga Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi fikrlarini bildirdi.

— Nega O'zbekiston murabbiyni almashtirmoqda, tushunmayapman? Nega ularga Fabio Kannavaro kerak? Nega jahon chempionati oldidan aynan Kannavaroni tayinlashdi? Faqat u Fabio Kannavaro bo'lgani va “Oltin to'p” sohibi ekani uchunmi?

Esimda, Kannavaro Xitoyda faoliyat yuritgan, ammo uning jamoani O'zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionatiga boshlab chiqishi uchun etarli darajada katta yutuqlari bo'lmagan, — dedi Genich “Lovi Genicha” dasturida.

Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro 6 oktyabr kuni O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Manba: euro-football.ru