UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2026 yil 4 iyul kuni Oq uyda o'tkaziladigan UFC turnirida jang qilishiga ishora berdi.

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu turnir haqidagi postni joylashtirdi va "Makgregor qaytmoqda!" deb izoh qoldirdi.

Konor oxirgi marta 2021 yil jang qilgan va o'shanda oyog'idan jarohat olib, Dastin Porega texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.