Yarim engil va engil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 2026 yil iyun oyida Oq uy hududida bo'lib o'tadigan UFC turnirida oktagonga chiqishini aytdi.

"Bu aynan men kutgan oqshom bo'ladi. Qaytayotganimdan juda xursandman. Qo'limdan nima kelishini ko'rsatish uchun Oq uy yonidagi maysazordan ham yaxshiroq joy bo'lishi mumkinmi? Hozirning o'zida nihoyatda hayajondaman. Oxirigacha shunday bo'lib qolsin", - deya Makgregorning so'zlarini keltiradi Championship Rounds.

Manba: championat.com
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.