Kongo terma jamoasining har bir futbolchisi JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan taqdirda 1 million dollardan oladi

Kongo DR futbol federatsiyasi terma jamoaning har bir futbolchisiga jahon chempionati-2026 yo'llanmasi uchun 1 million dollar miqdorida mukofot puli kafolatladi, deb xabar beradi Sport News Africa.
Kongo terma jamoasi JCh-2026 saralashining o'tish o'yinlari yarim finalida Kamerunga qarshi bahs olib boradi. O'yin 13 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Kongo DR g'alaba qozongan taqdirda JCh-2026 yo'llanmasi uchun Nigeriya - Gabon uchrashuvi g'olibiga qarshi o'ynaydi.
Kongo DR terma jamoasi 1974 yilda jahon chempionatida yagona marta ishtirok etgan. O'shanda mamlakat Zair deb nomlangan va 1974-yilgi Jahon chempionatida 3 o'yinda 0 ochko to'plagan.
JCh-2026 saralashida Kongo DR birinchi o'rinni Tunisga boy berib, guruhda 2-o'rinni egalladi.