Kongo DR terma jamoasi bosh murabbiyi Sebasten Desabr Jahon chempionati–2026 1/16 finalidan keyingi matbuot anjumani vaqtida otasining vafot etgani haqidagi qayg'uli xabarni oldi.

Eslatib o'tamiz, Kongo DR terma jamoasi ushbu bosqichda Angliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan edi.

Ma'lum qilinishicha, qayg'uli xabarni murabbiyga terma jamoa matbuot kotibi etkazgan. Shundan so'ng matbuot anjumani darhol yakunlangan.

Sebasten Desabr boshchiligida Kongo DR terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqqan edi. Frantsiyalik mutaxassis milliy jamoani 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Manba: Stadion.uz