Konferentsiyalar Ligasining umumiy bosqichining so'nggi o'yinlari 18 dekabr, payshanba kuni bo'lib o'tdi.

Turnir jadvalida birinchi sakkizta o'rinni egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l olishdi: "Strasburg" (Frantsiya), "Rakuv" (Polsha), "Sparta" (Chexiya), AEK (Gretsiya), "Rayo Valekano" (Ispaniya), "Shaxtyor" Donetsk (Ukraina), "Maynts" (Germaniya) va AEK (Larnaka, Kipr).

9-o'rindan 24-o'ringacha bo'lgan klublar pley-off bosqichida o'ynaydi: "Lozanna" (Shveytsariya), "Kristal Pelas" (Angliya), "Lex" Poznan (Polsha), "Samsunspor" (Turkiya), "Tsele" (Sloveniya), AZ Alkmaar (Niderlandiya), "Fiorentina" (Italiya) va "Rieka" (Xorvatiya); "Yagelloniya" (Polsha), "Omoniya" (Kipr), "Noa" (Armaniston), "Drita" (Kosovo), "KuPS" (Finlyandiya), "Shkendiya" (Makedoniya), "Zrinski" (Bosniya va Gertsegovina) va "Sigma" (Chexiya).

Pley-off bosqichlari 19-20 va 26-27 fevral kunlari, 1/8 final o'yinlari esa 2025 yil 12-13 va 19-20 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Manba: www.stadion.uz.