Nonda Konferentsiyalar ligasining hal qiluvchi bosqichlari uchun qur'a tashlandi.

Bugun bo'lib o'tgan qur'ada umumiy bosqichning eng yaxshi 8 jamoasi (saralanganlar) va o'tish o'yinlari g'oliblari (saralanmaganlar) o'z raqiblarini bilib olishdi.

Saralanganlar (Top-8): "Strasbur", "Rakuv", AEK Afina, "Sparta", "Rayo Valekano", "Shaxtyor", "Maynts", AEK Larnaka.

Saralanmaganlar (O'tish o'yinlari g'oliblari): "Kristal Pelas", "Lex", "Samsunspor", "Tsele", AZ, "Fiorentina", "Rieka", "Sigma".


1/8 final juftliklari:

  • "Lex" — "Shaxtyor"

  • "Kristal Pelas" — AEK Larnaka

  • "Samsunspor" — "Rayo Valekano"

  • "Sigma" — "Maynts"

  • AZ — "Sparta"

  • "Fiorentina" — "Rakuv"

  • "Tsele" — AEK Afina

  • "Rieka" — "Strasbur"


Musobaqa taqvimi:

Chorak finalga yo'l olgan jamoalar finalgacha shakllangan turnir to'ri bo'yicha harakat qiladilar.

Bosqich Sanalar
1/8 final 12 va 19 mart
1/4 final 9 va 16 aprel
1/2 final 30 aprel va 7 may
Final 27 may, Leyptsig

Eslatma: Klublar umumiy bosqich yakunlariga ko'ra egallagan o'rinlariga muvofiq to'rtta saralangan juftlikka bo'lingan. Har bir saralangan juftlikdagi klublar 1/8 finalda o'zlariga mos keluvchi o'tish o'yinlari g'oliblariga qarshi maydonga tushadilar.