Konferentsiyalar ligasining umumiy bosqich 2-turida o'tkazilishi kerak bo'lgan “Rieka” (Xorvatiya) — “Sparta” (Praga) uchrashuvi kuchli bo'ron sabab bekor qilindi. Bellashuv Rieka shahridagi stadionda bo'lib o'tayotgan edi.

— Bugungi o'yin bo'lmaydi. Hakam o'yinni bekor qilish haqida hushtak chaldi. Navbatdagi qaror haqida keyinroq ma'lum qilamiz, — deyiladi “Sparta” klubining X ijtimoiy tarmog'idagi xabarnomasida.

Eslatib o'tamiz, Konferentsiyalar ligasi 1-turida “Rieka” Armanistonning “Noa” jamoasiga (0:1) yutqazgan, “Sparta” esa Irlandiyaning “Shemrok Rovers” klubini 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Manba: football24.ru