Bugun, 27 may kuni futbol muxlislarini Konferentsiyalar ligasining hal qiluvchi final bahsi kutib turibdi. Londonning «Kristal Pelas» klubi va Ispaniyaning «Rayo Valekano» jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tahlilchilar ushbu qarama-qarshilikda ingliz klubini favorit sifatida ko'rmoqda. Xususan, «Kristal Pelas»ning asosiy vaqtda g'alaba qozonish ehtimoli 49,3 foizni tashkil etmoqda. «Rayo Valekano»ning asosiy vaqtda zafar quchishiga 22,6 foiz, durang natija qayd etilishiga esa 28,1 foiz imkoniyat berilgan.

Umumiy hisobda, «Kristal Pelas»ning chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli 63,9 foiz deb baholanayotgan bo'lsa, «Rayo Valekano»ning muvaffaqiyatiga 36,1 foiz ishonch bildirilmoqda.