Konferentsiyalar Ligasi finalchilari ma'lum

«Kristal Pelas» va «Rayo Valekano» 2025/26 yilgi mavsumda Konferentsiyalar Ligasining finalchilariga aylanishdi.
Yarim finalda Angliya klubi «Shaxtyor»dan ustun keldi (3:1, 2:1). Javob uchrashuvida londonliklar Pedro Enrikening avtogoli (25-daqiqa) va Ismaila Sarrning goli (52-daqiqa) evaziga g'alaba qozonishdi. Mehmonlar safida Eginaldo (34-daqiqa) bitta javob to'pini kiritdi.
Ispaniya jamoasi esa yarim finalda «Strasbur»dan kuchliroq ekanligini isbotladi (1:0, 1:0). Ikkinchi o'yindagi yagona gol 42-daqiqada Alemao tomonidan kiritildi.
Konferentsiyalar Ligasi finali 27 may kuni Leyptsig (Germaniya) shahridagi «Red Bull Arena» stadionida bo'lib o'tadi.