Opta superkompyuteri Konferentsiyalar Ligasi favoritini aniqladi.

Yarim finalda «Kristal Pelas» «Shaxtyor» bilan to'qnash keladi, «Rayo Valekano» esa «Strasbur»ga qarshi bahs olib boradi.

G'alaba qozonish imkoniyati 45,6% deb baholanayotgan «Kristal Pelas» asosiy da'vogar hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda «Strasbur» (31,7%) qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni «Rayo» (14,3%) yakunlab bergan. «Shaxtyor»ning imkoniyatlari esa eng past — 8,4% deb baholanmoqda.

Konferentsiyalar Ligasining yarim final bahslari 30 aprel va 7 may kunlari bo'lib o'tadi.