Konferentsiyalar ligasi. Chorak final juftliklari aniq bo'ldi

UEFA Konferentsiyalar ligasi 2025/2026 mavsumining 1/4 final bosqichida ishtirok etadigan barcha sakkiz jamoa nomi ma'lum bo'ldi.
Konferentsiyalar ligasi 1/4 final juftliklari:
«Shaxtyor» — «AZ Alkmar»;
«Kristal Pelas» — «Fiorentina»;
«Rayo Valekano» — AEK Afina;
«Maynts» — «Strasburg».
Eslatib o'tamiz, mazkur bosqichning ilk uchrashuvlari 9 aprel kuni, javob o'yinlari esa 15–16 aprel sanasida bo'lib o'tadi. Turnir finali Leyptsig shahridagi «Leyptsig» stadionida o'tkaziladi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 27 may kuniga belgilangan.
Konferentsiyalar ligasining amaldagi g'olibi — «Chelsi». London jamoasi o'tgan mavsum finalida «Betis»ni 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Manba: championat.com