"Roma" yarim himoyachisi Manu Kone tobora Angliyaga ko'chib o'tishga yaqinlashmoqda. Unga "Manchester Yunayted" jiddiy da'vogarlik qilmoqda.

Caught Offside ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 60-65 mln evroni tashkil qiladi. Tomonlarning muzokaralari allaqachon rivojlangan bosqichda.

Kone tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida harakat qiladi. Joriy mavsumda uning hisobida 21 ta o'yin va 1 ta assist mavjud. U "Roma"ga 2024 yilda Bundesligadan ko'chib o'tgan.