Konatening jarohati qayd darajada jiddiy ekanligi ma'lum bo'ldi

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate Frantsiya terma jamoasi qarorgohida jarohat oldi.
Tekshiruvlarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi jiddiy jarohatdan qutulib qolgan. Jurnalist Jeyms Pirs xabariga ko'ra, "Liverpul"dagilar frantsuzning tez orada safga qaytishiga va 19 oktyabr kuni "Enfild"da bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga ishonmoqda.
Ibraima Konate JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Ozarbayjonga (3:0) qarshi o'yinda Frantsiya terma jamoasi zaxira o'rindig'ida qoldi. Dushanba kuni Dide Desham jamoasi Islandiya mehmoni bo'ladi.