"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate jamoadagi kelajagi haqida hali bir qarorga kelmaganini aytdi.

"So'nggi paytlarda matbuotda ko'p narsalarni ko'rdim. Masalan, "Liverpul" menga yangi taklif bilan chiqqani - qaerdan chiqqanini bilmayman.

Agentlarim "Liverpul" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Umid qilamanki, tez orada bir qarorga kelaman va uni e'lon qila olaman", - dedi 26 yoshli frantsuz L'Equipe nashriga.

Konatening "qizillar" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.