Konate «Real» bilan necha yillik shartnoma imzolashi aytildi

Ibraima Konate «Real»ga o'tishga yaqin.
27 yoshli himoyachi «Liverpul»dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi. As nashrining xabariga ko'ra, Madrid klubi futbolchi bilan 4 yillik shartnoma va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bitim Florentino Peres prezidentlik saylovlarida g'alaba qozongan taqdirdagina imzolanadi.
Ta'kidlanishicha, frantsiyalik futbolchida «Bavariya», «PSJ» va APLning top-klublaridan ham takliflar bor.
Angliya chempionatining o'tgan mavsumida Konate 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.