Konate: "Liverpul" APL yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, hamma bizning omadsiz mavsumlarimizni unutadi"

"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate jamoadagi qayta qurish jarayoni va joriy natijalar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilyapmiz, moslashyapmiz va bir-birimizni tushunishga harakat qilyapmiz. Vaqti kelib, albatta sovrin yutamiz. Biz muvaffaqiyatga erishamiz va qachonki Premer-liga yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqsak, odamlar bizning barcha omadsiz mavsumlarimizni unutadi", — deya ta'kidladi Konate ESPN nashriga.
Futbolchining qayd etishicha, "Liverpul"ning ajoyib muxlislari bor va hozirgi paytda hamma jamoa atrofida birlashishi kerak.