«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibraima Konate Chempionlar ligasining navbatdagi mavsumi uchun yo'llanma olish yo'lidagi kurash haqida gapirdi.

«Chempionlar ligasiga yo'llanma olish — «Liverpul» uchun eng minimal standart (talab). Oldinda bizni chempionatning oltita o'yini kutmoqda. Premer-liga qanchalik qiyin ekanini bilamiz, ammo keyingi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashish uchun bor imkoniyatimizni ishga solishimiz shart», – dedi Konate «PSJ» bilan bahsdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng.

Joriy yakshanba kuni «Liverpul» safarda «Everton»ga qarshi derbi uchrashuvini o'tkazadi.