Kompani Yamal haqida gapirdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi ketganidan so'ng, jamoa tarkibida tez orada Yamal kabi futbolchining paydo bo'lishi — «Barsa» uchun alohida voqelik. Mening avlodim uchun Messi o'z davrining belgilovchi siymosi edi. U ketganidan keyin ko'p o'tmay, uning izidan bora oladigan potentsial futbolchiga ega bo'lish — bu mutlaqo noyob hodisa. Bunday o'yinchilarga doim ishonishi va ularga imkoniyat berishi — butunlay La Masiyaning xizmatidir», — deya Kompanining so'zlarini keltirmoqda Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda Lamin Yamal «Barselona» safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda qatnashib, 23 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.