Bundesliga 21-turining markaziy o'yinida "Bavariya" "Xoffenxaym"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vinsent Kompani natija haqida shunday dedi:

"5:0 yoki 6:0 hisobi ideal bo'lar edi. Biroq, biz raqiblarimizni hurmat qilamiz. Biz kuchli jamoaga duch keldik, shuning uchun bu natijani yaxshi deb hisoblash mumkin.

Endi barcha e'tiborimiz "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinga qaratilgan", - dedi belgiyalik murabbiy.